3-sentabr kuni «International House Toshkent» litseyida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o’tdi. Marosimda litsey direktori Tillayev A.X., ma’muriyat hamda o‘qituvchilar jamoasi ishtirok etdi.
O‘quvchilarga murojaat qilib, direktor o‘rinbosarlari Tadjibaeva M.X., Rustamova N.N. va Ermatova M.M. so‘zga chiqdilar. Ular yangi o‘quv yilining ahamiyatini ta’kidlab, o‘quvchilarga bilim olishda va ijodiy izlanishlarda omad tiladilar.
Bayramona kayfiyatni litsey faol o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari va jonli chiqishlar yanada boyitdi. Tadbir davomida 2-bosqich faol o‘quvchilari, sport musobaqalarida g’olib bo‘lganlar hamda o‘tgan o‘quv yilidagi yutuqlari uchun litseyning drama to‘garagi jamoasi taqdirlandi.
Tantanali tadbir yangi bosqichning ramziy boshlanishiga aylandi va butun litsey jamoasini bilim, rivojlanish hamda yangi marralar sari intilish yo‘lida birlashtirdi. Ishonchimiz komilki, yangi o‘quv yili o‘quvchilarimiz uchun keng imkoniyatlar ochib beradi va ularning katta yutuqlari hamda g’alabalari davriga aylanadi.