13–20 aprel kunlari «International House Toshkent» va «Interhouse Lyceum» o‘quvchilari Moskvada o‘quv amaliyot dasturida ishtirok etishdi. Dastur doirasida ular MGIMO qoshidagi Gorchakov litseyida darslarda qatnashib, Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari vakillari bilan uchrashdilar, kasb tanlash bo‘yicha maslahatlar oldilar hamda boy madaniy dasturda ishtirok etdilar.

Har kuni ertalab o‘quvchilar Gorchakov litseyida rus tili, adabiyot, matematika va ijtimoiy fanlar kabi fanlardan saboq olishdi. 11-sinf o‘quvchilari esa yakuniy imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishdi va diagnostik ishlarni yozishdi.
«Darslar juda jiddiy bo‘ldi: mehmonmiz deb yengil yondashishmadi. Bu esa bizni yanada ko‘proq harakat qilishga undadi», — deydi 11-sinf o‘quvchisi

Amaliyotning muhim qismi — MGIMOning Odintsovo filialiga tashrif va u yerda iqtisod, xalqaro aloqalar va huquqshunoslik sohalaridagi ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishish bo‘ldi. Shuningdek, o‘quvchilar MGIMO bosh kampusiga ham tashrif buyurishdi: universitet hududi bo‘ylab ekskursiya, xalqaro aloqalar bo‘yicha viktorinada ishtirok etishdi va sovrinlarni qo‘lga kiritishdi!
«Universitet orzusi bo‘lgan MGIMO kampusida bo‘lish va viktorinada g‘olib chiqish – bu unutilmas his-tuyg‘u edi. Maqsadlarimiz endi yanada yaqinroqdek tuyuldi», — deydi 10-sinf o‘quvchisi
Tushdan keyingi vaqtlarda esa o‘quvchilarni boy madaniy dastur kutardi:
🔹 Qizil Maydon, Vorobyov tepaligi va Moskva-Siti bo‘ylab sayr;
🔹 «Olimp» maktabi va Tretyakov galereyasiga tashrif;
🔹 VDNX ko‘rgazma majmuasi va Moskvarium ekskursiyalari;
🔹 Moskva daryosi bo‘ylab Radisson kemasida kechki sayohat;
🔹 MDM teatrida «So‘nggi ertak» musiqiy spektakliga tashrif.

Amaliyotning oxirgi kuni savdo markaziga tashrif bilan yakunlandi — bu o‘quvchilarning intensiv haftasi uchun munosib mukofot bo‘ldi.
MGIMO litsey sinflarida o‘qish — bu faqat bilim emas. Bu dunyo miqyosidagi akademik muhitning bir qismi bo‘lish imkoniyatidir.
Moskva amaliyoti «International House Toshkent» va «Interhouse Lyceum» o‘quvchilariga nafaqat bilim va ko‘nikmalar berdi, balki ularga mustahkam maqsad va kelajak uchun ishonch ham bag‘ishladi.
«International House Toshkent» va «Interhouse Lyceum» o‘z o‘quvchilariga eng yuqori darajada ta’lim berib, ular uchun yangi ufqlarni ochishda davom etadi.
Yaqin kunlarda biz sizlarga «International House Toshkent» va «Interhouse Lyceum» litsey o‘quvchilarining navbatdagi safarini ham taqdim etamiz — bu safar «Oliy Iqtisodiyot Maktabi» (NIU VShE) ko‘magida tashkil etilgan o‘quv-amaliyot dasturi haqida so‘zlab beramiz.
Yangi tanishuvlar, ustozlardan darslar, yetakchi professorlardan mahorat darslari va Rossiyaning eng nufuzli universitetlaridan birida ta’lim muhitiga sho‘ng‘ish — bularning barchasi o‘quvchilarimizni kutmoqda!
Yangiliklarimizni kuzatib boring — oldinda yana ko‘plab qiziqarli voqealar bor!