Hurmatli ota-onalar va 9-sinf o‘quvchilari!
“TIQXMMI” milliy tadqiqotlar universiteti “Interneyshenl Xaus-Toshkent” akademik litseyi 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonining boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
Hujjatlar 2025-yil 10-iyundan 10-iyulgacha my.edu.uz Yagona abituriyentlar platformasi orqali onlayn tarzda topshirilishi belgilangan.
Nega “TIQXMMI” milliy tadqiqotlar universiteti “Interneyshenl Xaus-Toshkent” akademik litseyini tanlashingiz kerak?

- Yurtimizdagi rasmiy №1 akademik litsey!
- Har yili bitiruvchilarning 100% nufuzli O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinadi.
- Yaqin va uzoq xorijdagi universitetlar bilan faol xalqaro hamkorlik.
- Ixtisoslashtirilgan fanlarni chuqurlashtirib o‘rganish: aniq fanlar, ingliz tili, tarix, gumanitar yo‘nalishlar, ikkinchi xorijiy til.
- Zamonaviy o‘quv muhiti: ma’ruza zallari, qulay auditoriyalar, kovorkinglar, kutubxona, resurs markazi va sport inshootlari.
- Yuqori malakali pedagoglar tarkibi — oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, fan nomzodlari va fan doktorlari.
- Xalqaro imtihonlar (SAT, IELTS), olimpiadalar, tanlovlar hamda xorijiy universitetlarga kirishga tayyorgarlik bo‘yicha rivojlangan qo‘llab-quvvatlash tizimi.
Ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish tili, kvotalar va kirish imtihonlari

Aniq fanlar – Iqtisod yo‘nalishi
O‘qitish tili: o‘zbek / rus
Kvotalar: 52 ta o‘rin (o‘zbek tili) / 52 ta o‘rin (rus tili)
Imtihonlar: matematika, chet tili, IQ-test
Aniq fanlar – Texnika yo‘nalishi
O‘qitish tili: rus
Kvota: 26 ta o‘rin
Imtihonlar: fizika, matematika, IQ-test
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish
O‘qitish tili: rus
Kvota: 26 ta o‘rin
Imtihonlar: tarix, chet tili, IQ-test
Har bir yo‘nalish bo‘yicha ta’lim ikki yil davom etadi va tanlangan soha bo‘yicha chuqurlashtirilgan tayyorgarlik, shuningdek, universitetga kirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
2024–2025 o‘quv yilidagi yutuqlarimiz:

- Bitiruvchilarimizning 95% allaqachon O‘zbekiston va xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin o’qishga qabul qilindi.
- 300 dan ortiq litsey o‘quvchilari a’lo akademik natijalar hamda xalqaro sertifikatlarga (IELTS, SAT, CEFR) ega bo‘lgani uchun e’tirof etildi.
- 100 dan ortiq litsey o’quvchilari MGIMO va HSE NRU (Rossiya) kabi universitetlarda xalqaro akademik mobillik dasturi doirasida amaliyot o‘tadilar.
- 84 nafar litsey o’quvchisiga «TIQXMMI» MTU madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimda ta’lim, fan va ijtimoiy faoliyatdagi yutuqlari uchun “Litsey iftixori” stipendiyasi topshirildi.
- O’quvchilarimiz respublika va xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lishdi, xususan, «International Youth Olympiad 2025» da.
- British Management University, Hancom Academy va boshqa xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yangi hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Hujjat topshirish tartibi

O‘zbekistondagi barcha akademik litseylarga hujjatlar faqat Yagona abituriyentlar platformasi — my.edu.uz orqali topshiriladi.
Bizning litseyni tanlashda, platformada u quyidagi to‘liq nom ostida ko‘rsatilgan:
“TIQXMMI” milliy tadqiqotlar universiteti “Interneyshenl Xaus-Toshkent”
Kerakli hujjatlar:
- Oq fonda 3,5 x 4,5 hajmdagi fotosurat yuklash
- Platformadagi so‘ralgan shaxsiy ma’lumotlarni to‘liq to‘ldirish
Ro‘yxatdan o‘tishda amaldagi, ishlaydigan telefon raqamingizni albatta ko‘rsating, chunki zarurat tug‘ilganda litsey xodimlari abituriyent bilan tezkor bog‘lana olishi kerak.
Hujjatlar yuborilgach, ariza akademik litsey tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, ariza qabul qilinadi.
Muhim: hujjat topshirish muddati tugaganidan so‘ng (10 iyuldan keyin) abituriyent my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetini muntazam tekshirishi zarur. Aynan shu kabinet orqali Davlat test markazi (DTM) abituriyent ruxsatnomasini yuklaydi — u yerda sana, vaqt va imtihon o‘tkaziladigan manzil ko‘rsatiladi.
📍 Maslahatlar va ma’lumotlar uchun manzil:
Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy
📞 Aloqa telefonlari:
+998 71 237-19-39
+998 98 121-63-62
+998 98 101-63-62