contact@iht.uz +998 71 237-31-70

O‘quvchilar o‘rtasida kiberjinoyatchilik profilaktikasi

30-yanvar kuniInternational House Toshkent” akademik litseyida yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda IIV Akademiyasi magistratura tinglovchisi Muhammadiyev Firdavs Ilhom o’g’li “Yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va uning profilaktikasini tashkil etish” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga internet tarmog‘idan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, onlayn firibgarlikning keng tarqalgan turlari, soxta havolalar hamda kiberjinoyatchilar tomonidan qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi, yoshlarning huquqiy ongini va mas’uliyatini oshirish, kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etishning muhim jihatlari hayotiy misollar asosida yoritib berildi. Tadbir savol-javoblar bilan boyitilib, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bunday targ‘ibot tadbirlari yoshlarning raqamli makondagi xavfsizligini ta’minlash va ularni ongli internet foydalanuvchisi sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.