contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Yangiliklar

2025–2026 oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi

Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!2025–2026 oʻquv yili uchun TIQXMMI MTU huzuridagi «International House Tashkent» akademik litseyiga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi. Natijalar bilan litseyning rasmiy veb-saytida yoki qabul komissiyasida tanishishingiz mumkin. Imtihonlarni muvaffaqiyatli yakunlagan barcha abituriyentlarni tabriklaymiz va litseyimizga boʻlgan qiziqishingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz! Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan va oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlardan 4 va 5 avgust kunlari...
Batafsil

Akademik litseylarga 2025/2026 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi

Hurmatli ota-onalar va 9-sinf o‘quvchilari! “TIQXMMI” milliy tadqiqotlar universiteti “Interneyshenl Xaus-Toshkent” akademik litseyi 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonining boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.Hujjatlar 2025-yil 10-iyundan 10-iyulgacha my.edu.uz Yagona abituriyentlar platformasi orqali onlayn tarzda topshirilishi belgilangan. Nega “TIQXMMI” milliy tadqiqotlar universiteti “Interneyshenl Xaus-Toshkent” akademik litseyini tanlashingiz kerak? Yurtimizdagi rasmiy №1 akademik litsey! Har yili bitiruvchilarning 100%...
Batafsil

Imtihonlardan mukofotlargacha: IHT akademik litseyi o‘quv yiliga yakun yasab, eng iqtidorli o‘quvchilarni taqdirladi

2025-yil 5-iyun kuni International House Toshkent litseyida 2024–2025 o‘quv yilining yakunlanishiga bag‘ishlangan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida bitiruvchi guruhlar uchun ingliz tilidan yakuniy davlat imtihoni o‘tkazildi. Tadbirning tantanali qismini litsey ma’muriyati va o‘qituvchilar jamoasi tashkil etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan litsey direktori A. Tillaev o‘quvchilarning til tayyorgarligi darajasi yuqori bo‘lishining ahamiyatini alohida ta’kidlab, ta’lim jarayoniga qo‘shgan...
Batafsil

International House Toshkent akademik litseyi 2025-yilda 84 nafar o‘quvchini stipendiya bilan taqdirladi

2025-yil 26-may kuni “TIQXMMI” Milliy ilmiy tadqiqot universitetining Madaniyat saroyida International House Toshkent akademik litseyi tomonidan “Litsey faxri” stipendiyalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil ushbu stipendiyaga o‘qish, ilmiy faoliyat va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishgan 84 nafar o‘quvchi sazovor bo‘ldi. Marosimda “TIQXMMI” rektori B. Mirzaev va litsey direktori A. Tillayev ishtirok etib, yoshlarga tabrik so‘zlarini...
Batafsil

«International House Toshkent» bitiruvchilari CEFR sertifikatlari orqali ingliz tilini yuqori darajada egallaganini isbotladi

2024–2025 o‘quv yili davomida «International House Toshkent» akademik litseyi ingliz tili bo‘yicha o‘quvchilarni tayyorlashda yetakchi ta’lim muassasalaridan biri sifatida o‘z maqomini yana bir bor isbotladi. Litseyda tahsil olayotgan 150 ga yaqin o‘quvchi ingliz tilini B2 va C1 darajalarida bilishini tasdiqlovchi sertifikatlarni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi. Ushbu natijalar umumyevropa til kompetensiyalari tizimi — CEFR standartlariga to‘liq javob beradi....
Batafsil
1 2 3 4 33