contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Inter-House ichki muh

Litseyning yutqularidan biri – bu xonalarning jihozlanishi. Litsey zamonaviy jihozlangan, ko’plab fanlar bo’yicha laboratoriya xonalariga ega. IHTning  barcha xonalari va jihozlaridan o‘quvchilar foydalanishadi.

Litsey o’qituvchilari o’quvchilar bilan doimiy muloqotda bo’lishadi va ularni yaxshi  tushunishadi.  O’qituvchilar akademik faoliyatidan tashqari o‘quvchilarga institutlarga kirishga tayyorgarliklariga yordam berishadi. Ular maqsadingizga erishish yo’lidagi barcha tashabbuslaringizni  qo’llab-quvvatlaydilar.
Ko’p darslar interaktiv usullar orqali o‘tkaziladi: o’quvchilar ko’pincha mavzularga aloqador filmlarni tomosha qilishadi, sinfdoshlari uchun ochiq darslar o’tkazishadi.
Shuningdek, Interhouseda informatika darslari uchun uchta informatika xonalari mavjud. Ulardan biri Huawei tomonidan litseyimizga sovg’a qilingan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan  Smart-room xonasidir. Bizning litseyimizda tadbirlarni o’tkazish uchun ikkita zal mavjud: majlislar va faollar zallari.