contact@iht.uz +998 71 237-31-70

Saylov 2020

Saylov 2020

29-31 oktyabr kunlari International house Tashkent akademik litseyida «Talabalar uyushmasi» prezidenti va vitse-prezidenti lavozimiga saylovlar bo’lib o’tdi. Students’ Union – bu litsey tarkibidagi tashkilot bo’lib, u barcha ommaviy tadbirlar, to’garaklar va umuman litseyning butun ijtimoiy hayoti uchun javobgardir.

Epidemiologik vaziyat tufayli bu yil saylovlarni uch kun ichida o’tkazishga qaror qilindi. Har kuni saylovda uchtadan guruh qatnashdi, bu esa tinglovchilar o’rtasidagi ijtimoiy masofani oshirdi.

Barcha saylovlar davomida 2-chi kurs o’quvchilari, ya’ni Ergashev Iskandar (2TN-4), Sultonboyeva Farangiz (2TN-5), Berezkina Asal (2MTN-1), Ziyadullaev Zafarbek (2MTN-2), Toxirov Ulug’bek (2TN-) 4), Nurmatova Shaxruza (2MTN-2) va Salimov Tursun (2MTN-2), ushbu lavozim uchun kurash olib bordilar, va birinchi kurs o’quvchilariga o’zlari, rejalari va g’oyalari haqida taqdimotlar bilan chiqish qildilar.

Albatta, barcha nomzodlarning chiqishlari unutilmas va hayajonli bo’ldi. Ayniqsa, Salimov Tursunning esda qolarli musiqiy sovg’asini ta’kidlab o’tmoqchimiz.

Ovoz berish natijalariga ko’ra, 224 ta o’quvchining ichidan  89 ta ovoz yig’ishga erishgan 2TN-4 guruhi o’quvchisi Toxirov Ulug’bek va vitse-prezident 2TN-5 guruhi o’quvchisi – Sevinch Bahodirova egalladi.Biz, albatta, ularga omad tilaymiz va birinchi kurs o’quvchilari o’zlarining tanlovlariga afsuslanmasliklariga umid qilamiz.

Maqolani Amiraslanov Iskandar tayyorladi, 2TN5 guruhi

@amir23lanov