contact@iht.uz +998 71 237-31-70

«TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyi o’quvchilari stipendiya sohiblari!

Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo’llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulg’ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo’lgan intilishlarini rag’batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish, shuningdek akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga 3-ilova, 2 – bandi ijrosi yuzasidan 23 dekabr kuni «International House Tashkent» akademik litseyi ikkinchi marotaba barcha fanlardan eng yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichlariga ega bo’lgan o’quvchilarga akademik litsey pedagogik kengashi qaroriga ko’ra «Akademik litseyimiz iftixori» stipendiyasi stipendiatlarini taqdirlash marosimini tashkil etdi.

Tadbir «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti rektori professor Bahodir Suyunovich Mirzayev, shuningdek, «International House Tashkent» litseyi direktori Tilliev Alisher Xasanovich tomonidan tashkil etildi.

Marosim tabrik nutqi, shuningdek, universitetni rivojlantirish istiqbollari, litsey bilan qo’shma loyihalar haqida ma’ruza bilan ochildi. 67 nafar o’quvchi esdalik sovg’alari, stipendiyalar va diplomlar bilan taqdirlandi.

Stipendiya bilan taqdirlangan o’quvchilar akademik ko’rsatkichlari bilan ajralib turadigan litsey ijtimoiy hayotining faol ishtirokchilari, shuningdek, shahar va respublika olimpiadalari g’oliblari hisoblanadi.

Ushbu turdagi tadbirlar o’quvchilarning yuqori sifatli bilimlarni egallashga, ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga va talabalarning har tomonlama rivojlanishiga turtki bo’lishiga faol ta’sir qiladi.