contact@iht.uz +998 71 237-31-70

«TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyining xalqaro darajadagi o’qituvchilari

2022-yil 22-noyabrdan 25-noyabrgacha «TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyiga Podayev Mixail Valerievich tashrif buyurdi.

Podayev Mixail Valerievich – pedagogika fanlari nomzodi, Butunrossiya matematika olimpiadasining mintaqaviy bosqichini tekshirish bo’yicha komissiya a’zosi, matematikadan maktab bosqichi olimpiadasini tuzuvchi. Sirius ta’lim markazi, pedagogik mahorat markazidagi maktab, «МФТИ» huzuridagi Olimpiada maktablari o’qituvchisi hisoblanib keladi.

Mixail Valeryevich 4 kun davomida litsey o’quvchilari uchun, xususan, Oliy Iqtisodiyot Maktabi litsey sinflari uchun bir qator kunduzgi ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar o’tkazdi. Shuni ta’kidlash kerakki, xalqaro darajadagi o’qituvchi doimiy ravishda litsey o’quvchilari uchun onlayn darslar o’tkazadi va uning so’nggi tashrifi belgilangan ta’lim dasturining rejalashtirilgan kunduzgi qismidir.

Ushbu turdagi xalqaro o’qituvchilarning «International House Tashkent» akademik litseyiga tashrifi ta’lim muassasasining ta’lim faoliyatida ijobiy aks etib kelmoqda.